Maqola

233 25/12/2024

Primorye o’lkasi gubernatori Oleg Kojemyako qaroriga ko’ra, 2025-yildan boshlab mintaqada mehnat muhojirlari uchun 36 ta sohada ishlash taqiqlanadi. Bu sohalarga taksi haydovchiligi, kuryerlik, o’qituvchilik, shifokorlik, shuningdek, yoqilg’i, neft mahsulotlari, kimyoviy moddalar va dori-darmonlar ishlab chiqarish kiradi.

So’nggi bir yarim yil ichida Rossiyaning uchdan bir qismidan ko’prog’i shunga o’xshash choralarni joriy qildi. Mintaqa rahbarlari buni, avvalo, mahalliy mutaxassislarni qo’llab-quvvatlash zarurati bilan izohlashmoqda. So’nggi bir oy ichida chet elliklarning ma’lum sohalarda ishlashiga cheklovlar Zabaykalye, Kostroma va Vologda viloyatlarida joriy etildi. Krasnodar o’lkasida esa yanada qat’iy qaror qabul qilinib, yangi yildan boshlab muhojirlar mehnatidan to’liq voz kechish rejalashtirilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya