
Primorsk oʻlkasida ogʻir jinoyatlari uchun jazo oʻtagan toʻrt nafar chet el fuqarosi deportatsiya qilindi. Vladivostokdagi migratsiya xizmatlari va politsiyasi ushbu ishni idoralararo «Nelegal-2025» kampaniyasi doirasida oʻtkazdi.
Primorsk oʻlkasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, deportatsiya qilinganlar 1976, 1986, 1986 va 1998-yillarda tugʻilgan va asli Markaziy Osiyo respublikalaridan biridan boʻlgan. Ular Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi («Qotillik») va 228.1-moddasi («Giyohvand moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish, sotish yoki tashish») boʻyicha sudlangan.
Jazolarni oʻtab boʻlgandan soʻng, ularning Rossiya Federatsiyasida boʻlishi 114-ФЗ-sonli Federal qonunga muvofiq nomaqbul deb topildi. Deportatsiya qilinishidan oldin, erkaklar Artemdagi Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgan edi. Ularning har biriga Rossiyaga kirish kamida besh yilga taqiqlangan.
Politsiya ma’lumotlariga ko’ra, yil boshidan beri Primorsk o’lkasidan migratsiya qoidalarini buzganliklari uchun 800 dan ortiq chet ellik deportatsiya qilingan.