104 11/05/2025

Har kuni yangi firibgarlik usullari chiqyapti. Birining qanday ishlashini o‘rganguningizga qadar ikkinchi, uchincha yangi turlari paydo bo‘lyapti.

Xo‘sh, naqd va kartadagi pulinni qanday saqlash kerak, kimlarga ishonish mumkin emas, qaysi xatolarni qilmaslik shart?

🪙 Naqd pul bilan ishlashda nimaga e’tibor berish kerak?
• Hamma pulingizni bir joyda saqlamang — hamyon, cho‘ntak yoki uydagi bir qutida bo‘lmasin. Bo‘lib-bo‘lib, turli joylarda saqlang!(naqd pul shaklida uyda yoki bank yacheykalarida)
• Hech kimga pulingizni ko‘rsatmang — “o‘rtoq” deb ishongan odam ham sizni chuv tushirishi mumkin.
• Ko‘chada yoki odam ko‘p joyda pul sanamang — bu odamlarning xayolini buzadi, muammo kelib chiqish ehtimoli katta.
• Pul olganda kupyurani tekshiring — ayniqsa, katta miqdordagi kupyura bo‘lsa. Qalbaki pul tutqazib yuborishlari mumkin.

💳 Bank kartalari: ishonchli, lekin xatarli
• Karta raqamingiz va SMS kodlaringizni hech kimga aytmang — “bankdanman” deb qo‘ng‘iroq qilgan odam shunchaki firibgar bo‘lishi mumkin. Bankdan hech qachon telefon qilishmaydi. Bu ularga taqiqlangan.
• SMS-xabarnomani ulang — shunda kim pulingizni “yeb qo‘yyapti”, darhol bilib qolasiz.
• Onlayn xarid uchun alohida karta oching — ish haqi tushadigan kartangizda hamma pul qolmasin.
• Xariddan oldin sayt manziliga qarang — «sberbank.com» o‘rniga «sberbaank.xyz» deb yozilgan sayt bo‘lsa, firibgarlik bo‘lishi mumkin.

📲 Elektron hamyon (Qiwi, YooMoney, WebMoney) bilan ehtiyot bo‘ling!
• Qiyin parol qo‘ying, bitta emas bir nechta — 123456 degan parol oson va ishonchsiz!
• Ikki bosqichli himoyani qo‘llang — SMS orqali tasdiq yaxshi usul.
• Katta summa saqlamang — elektron hamyon bu bank emas
• Faqat rasmiy ilovalardan foydalaning — “tez to‘lov uchun” deb yuborilgan ssilkalar ishlatmang.

💸 Pul o‘tkazmalarida ham hushyor bo‘ling!
• Kimga jo‘natayotganingizni aniq biling — tasodifiy, notanishlarga jo‘antishdan ehtiyot bo‘ling!
• Karta raqamini bir necha bor tekshiring — bir raqam xatolik qilib boshqa odamga tushib qolmasin.
• Skrinshot qilib saqlang — ertaga da’vo qilish kerak bo‘lsa, isbot kerak bo‘ladi.

🚨 Eng keng tarqalgan firibgarliklar
📞 Telefon orqali:
• “Sizning kartangiz bloklangan, biz bankdanmiz”
• “Hujjatlaringiz bilan muammo bor, politsiyadanman”
• “Pulni xavfsiz hisobga o‘tkazing”
❌ Ishonmang! Sizni qo‘rqitishadi, tezda pul so‘rashadi. Bunday qo‘ng‘iroqni darrov uzing, so‘ngra bankning rasmiy raqamiga o‘zing qo‘ng‘iroq qiling.

🌐 Internetda:
• “Sberbank.uz” deb yozilgan, lekin qalbaki saytlar
• Davlat xizmatlariga o‘xshash, aslida ma’lumot o‘g‘irlovchi saytlar
• Mashhur do‘konlarning soxta versiyalari

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda:
• Tanishingiz nomidan “yomon holatga tushib qoldim, pul kerak” deyishadi
• “Bemor uchun xayriya” deb, boshqa odamning fotosi bilan pul so‘rashadi
• “Ishga kirasiz, faqat oldin hujjat yoki o‘qish uchun pul to‘lang” — ish haqiqiy emas

❗️ Agar firibgarga duch kelsangiz, nima qilish kerak?
• Kartangizni darhol bloklang
• Bankka xabar bering
• Hamma ma’lumotlarni (qo‘ng‘iroq, SMS, ssilkalar) saqlab qo‘ying
• Politsiyaga murojaat qiling
• Parollaringizni o‘zgartiring
• Telefoningizdagi xavfsizlikni tekshiring

🧾 Eslatma:
Bu maslahatlar sizni himoya qilish uchun. Pul topish oson emas, lekin yo‘qotish bir daqiqalik gap. Shuning uchun har bir tiyinni ham ehtiyot qiling, o‘zingizni aldanib qolishdan saqlang. Bu maqolani boshqalarga ham yuboring — yurtdoshlarimizni firibgarlar tuzog‘idan saqlaylik!

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya