852 20/11/2025

Rossiyadagi birinchi yangi migratsiya nazorati punktlaridan biri Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportida ochildi. Ichki ishlar vazirligi ushbu punktlarning maqsadi xorijiy fuqarolarni tekshirish va migratsiya qoidalarini buzganlarni aniqlash ekanligini aytadi.

Aeroport matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko’ra, punkt bojxona nazorati zonasidan keyin joylashgan. Ichki ishlar vazirligining videolavhasida barcha xorijiy yo’lovchilar yo’naltiriladigan alohida kabinet ko’rsatilgan.

Pulkovodan tashqari, Moskva, Sochi, Novosibirsk, Qozon, Yekaterinburg va Krasnoyarsk aeroportlarida yana 11 ta shunday punkt ochilgan. Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volkning so’zlariga ko’ra, shunga o’xshash punktlar keyinchalik chegara temir yo’l stantsiyalarida, shuningdek, dengiz va avtomobil nazorat punktlari yaqinida ochiladi.

O’tgan yili Sankt-Peterburgda migratsiya o’sishi 70 500 kishini tashkil etdi, bu 2023-yilga (9800) nisbatan 7,2 baravar ko’p.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya