109 05/04/2024

Putin bag’rikenglikka chaqirmoqda, neonatsistlar esa quturmoqda Putinning fikricha, Rossiya islom fundamentalistlarining terrorchilik hujumlari nishoniga aylanishi mumkin emas. Chunki, mamlakat “dinlararo totuvlik va birlikning noyob namunasi”ni namoyish etmoqda.

“Bu bizning obunachilarimiz tomonidan yuborilgan video ruslar va o’zbeklar o’rtasidagi do’stona munosabatlarning namunasidir”, dedi uning nutqiga Rossiyaning neonatsist kanallaridan biri mualliflari. Ular Putinning iqtibosini bir guruh osiyolik erkakni vagonda kaltaklagani aks etgan video bilan tasvirlashdi.

“Crocus Sity Holl”dagi teraktdan so’ng neonatsist tuzilmasi NS/WP (National-Socialism / White Power – Xuddi shu nomdagi Internet-forumda 2000-yillarning o’rtalarida paydo bo’lgan rus neonatsistlar guruhi. 2020 yilda tashkilot yana qayta tiklandi) o’z tarafdorlarini muhojirlar va Rossiyada slavyan bo’lmagan ko’rinishdagi fuqarolarga nisbatan yangi zo’ravonlik raundiga chaqirdi.

Voqeadan so’ng mamlakat bo’ylab kamida 32 ta neonatsist hujumi videoga yozib olingan. “Siyosiy zo’ravonlik muvaffaqiyatining asosiy sharti uning maqsadlarini keng omma tomonidan ma’qullashdir”, deb yozadi NS/WP neonatsistlari.

22-martdan so’ng davlat va xususiy neonatsist telegram kanallarida Crocusdagi teraktga “bag’ishlangan” hujumlar videolari paydo bo’la boshladi. Ular kuryerlar va yosh bolali ayollarning yuziga qalampir gazini sepadi, olomon ichida migrantlar va kavkazliklarni kaltaklaydi, odamlarning mulkiga zarar yetkazadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация