
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin chet eldan Rossiyaga kelgan vatandoshlarning farzandlari maktabga borish uchun rus tili testlaridan o’tishlari shart emasligini aytdi.
U bu bayonotni Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari kengashi yig’ilishida ma’lum qildi.
Yaqinda rus tilida so’zlashuvchi oilalarning farzandlari testdan o’ta olmagani va shu sababdan maktabga qabul qilinmagan holatlari aniqlandi.
Putinning aytishicha, bu noto’g’ri, chunki bolalar allaqachon Rossiya fuqarolari va migrantlar emasligini ta‘kidlagan.
Putin bunday bolalarning oilalari o’z hayotlarini Rossiya bilan bog’laganini, shuning uchun davlat ularga yangi qiyinchiliklar tug’dirmasligi, balki joylashishga yordam berishi kerakligini aytgan.
Agar ota-onalar Rossiya fuqarosi bo’lsa-yu, lekin chet elda yashagan va Rossiyaga doimiy ravishda ko’chib kelgan bo’lsa, ularning farzandlari rus tili testisiz maktabga borishlari mumkin.
Endi rus tilida so’zlashuvchi bolalar rus maktablariga kirish uchun rus tilini bilishlarini isbotlashlari shart emas.