149 13/03/2024

Rossiyada Putinning ketishi, diversantlar va saylov mavzulari ko‘p tarqalayotgan hozirgi kunda Rossiya prezidenti yaxshi kayfiyatda intervyu berdi.

Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida migrantlar mavzusida ham fikr bildirib o‘tgan Vladimir Putin avvalgi chiqishlardan farqli o‘laroq, bu safar migrantlar haqida negadir nisbatan yumshoq ohang bilan gapirdi. Bunday ritorika ehtimol migratsiya sohasidagi ijobiy reformalar va yengilliklar bo‘lishi haqida gumonlarni paydo qiladi.

Putin bu masala hukumatning barcha darajalari – mahalliy, mintaqaviy va federal e’tiborni talab qilishini ta’kidlagan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, mehnat muhojirlarining umumiy ishchilar sonidagi ulushi 3,7 foizni tashkil etadi, biroq ular Moskva, Moskva oblasti, Shimoli-g‘arbiy mintaqa va bir qator shimoliy oblastlar kabi faol iqtisodiy hayotga ega mintaqalarda to‘plangan. Prezident muhojirlarni jalb qilish ishchi kuchi yetishmasligi va mehnat unumdorligini oshirish zarurati bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi.

Putin muhojirlarni rus tilini o‘rgatish, madaniyat va urf-odatlarni bilish orqali Rossiya jamiyatiga integratsiya qilish muhimligini aytgan. Shuningdek, u fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun Rossiya qonunlari va sanitariya me’yorlariga rioya qilish zarurligini, an’anaviy mehnat muhojirlaridan tashqari, mamlakat rivojiga katta hissa qo‘sha oladigan iqtidorli mutaxassislarni ham jalb etish muhimligini ta’kidlagan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация