Vladimir Putin Rossiya hukumatiga muhojirlarning bolalari, shu jumladan maktabga kirish uchun testdan o‘tmagan migrantlarning farzandlariga rus tilini o‘rgatish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish topshirig‘ini berdi, deb yozadi «РИА Новости».
Ushbu topshiriq rus tili va Rossiya xalqlari tillarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha Kengash yig‘ilishida berilgan va ushbu tadbirning yakunlari bo‘yicha Putinning topshiriqlari ro‘yxati Kreml saytida e’lon qilingan.
«Rossiya Federatsiyasi hukumatiga: avval berilgan topshiriqlarni hisobga olgan holda, rus tilini bilmaydigan yoki yetarli darajada bilmaydigan, shu jumladan majburiy testdan o‘tmagan migratsiya tarixiga ega bo‘lgan bolalarni umumta’lim tashkilotlariga qabul qilishgacha bo‘lgan davrda rus tiliga o‘rgatish uchun huquqiy, tashkiliy va moliyaviy choralarni amalga oshirishni, shuningdek, bunday bolalarni Rossiya jamiyatiga moslashtirishni ta’minlash topshiriladi», – deyiladi hujjatda.
Mazkur topshiriqlar ijrosi 2025-yil 1-aprelga qadar Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin boshchiligida bajarilishi tayinlangani ma’lum qilinmoqda.