169 06/09/2024

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga yetkazib berilishiga izoh berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu mamlakatlarda faol iqtisodiy rivojlanish va aholi sonining oʻsishi bilan bogʻliq.

“Markaziy Osiyoga, Eronga yetkazib berish masalasiga kelsak, bu Ukraina voqealari bilan bevosita bogʻliq emas, bu davlatlarning iqtisodiyoti rivojlanmoqda, faol rivojlanmoqda, ular uchun qoʻshimcha resurslar kerak, xolos. Oʻzbekistonda aholi sonining oʻsishi yiliga 1 million. Hozir u yerda 37 million kishi, yaqinda 40 millionga yetadi, iqtisodiyot o‘syapti – dedi Putin Vladivostokdagi iqtisodiy forumda.

Rossiya prezidenti, shuningdek, o‘tgan qishda Toshkentda tarixda kuzatilmagan rekord darajadagi past harorat — minus 21 daraja qayd etilganini ham ta’kidladi. Uning fikricha, bu ham Rossiya gazining Oʻzbekistonga yetkazilishiga boʻlgan ehtiyojga taʼsir qilgan.

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston rekord darajadagi 5,2 milliard kub metr gaz import qildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 127 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, mamlakatda gaz qazib olish 1,4 milliard kub metrga kamaydi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya