Rossiyadagi muhojirlar, agar rus tili, mamlakat qonunlarini bilsa va rioya qilsa, yashash, ta’lim va tibbiy yordamda normal sharoitlardan foydalanishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Valday» yalpi majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “URA.RU» axborot agentligi.
«Shunday sharoit yaratish kerakki, ishlagani kelayotgan odamlar bu yerdagi barcha narsaga ichki tayyorgarlik bilan kelsin: rus tili, urf-odatlarimizni bilishlari, qonunlarimizga rioya qilishlari kerak. Keyin fuqarolarimiz tomonidan nafrat va ularni qabul qilmaslik holatlari bo’lmaydi. Kelayotganlar ham zamonaviy insoniy sharoitlarda yashashlari, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda sivilizatsiyaning barcha yutuqlaridan bahramand bo’lishlari kerak», deb fikr bildirgan Vladimir Putin.
Biroq, bu masalada hali ham bir tarafga og‘ish bor, deya ta’kilagan Putin. Rossiya prezidentining so’zlariga ko’ra, Rossiya hukumati birinchi navbatda migratsiya siyosati nuqtai nazaridan ham o’z fuqarolarining manfaatlarini o’ylashi kerak. Uning ta’kidlashicha, kelajakda Rossiya mehnat bozoriga yaxshi ma’lumotga ega bo’lgan migrant mutaxassislar kirishini ta’minlash juda muhim, deya Rossiya prezidenti .
Eslatib o’tamiz, «Valday» xalqaro munozara klubida siyosatshunoslik, iqtisodiyot, tarix va xalqaro munosabatlar sohasidagi xorijiy va rossiyalik ekspertlar ishtirok etadi.