1 504 28/11/2025

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Nomad TV telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning migrant ishchilarga munosabatini tushuntirdi. Uning so’zlariga ko’ra, migrantlarRossiyaga rossiyaliklarning g‘ashini keltirmasagina kelishi mumkin ekan.

Putin agar kimdir Rossiyada ishlashni istasa, u Rossiya qonunlari va urf-odatlari bo’yicha yashashga, ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishga va mamlakatni va u yerda yashovchi odamlarni hurmat qilishga tayyor bo’lishi kerakligini ta’kidladi.

Shuning uchun Rossiya migratsiyaga ruxsat beradi, ammo ma’lum shartlar ostida: migrantlar mas’uliyatli bo’lishlari, ham ruslar, ham migrantlar uchun qulay va adolatli muhitni ta’minlashlari kerak.

Rossiyada ishlashni istaganlar uchun bu signal: keling, lekin nafaqat ish muhimligini, balki yashayotgan joyingizni hurmat qilish ham kerakligini ekanligini tushuning. Rossiyaliklar uchun esa bu agar hamma narsa to’g’ri tashkil etilgan bo’lsa, migrantlar muammo emasligiga ishora sifatida qabul qilinishi mumkin.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya