Maqola

2 305 26/05/2026

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik ishlash uchun uyushgan holda ishga yollashga taalluqli qonunni imzoladi.

Ushbu qonun ikki mamlakat oʻrtasidagi kelishuvga kiritilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlaydi. Oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi bayonnomaning oʻzi 2025-yil 9-oktyabr kuni Dushanbe shahrida imzolangan. Endilikda uyushgan holda ishga yollash qoidalari qulayroq boʻladi. Tojikiston fuqarolari Rossiyaning oʻrta professional ta’lim va kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha tayyorgarlikdan toʻgʻridan-toʻgʻri Tojikistonda yoki Rossiyada oʻtishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, majburiy protseduralardan oʻtish tartibi ham oʻzgarmoqda. Endilikda davlat daktiloskopiyasidan oʻtish va suratga tushishni Tojikiston fuqarolari hali joʻnab ketmasdan oldin, oʻz respublikasi hududida amalga oshiradi. Bu ishlarni Rossiya Ichki ishlar vazirligining Tojikistondagi vakolatxonasi xodimlari vakolatli davlat korxonasi bilan birgalikda bajaradi. Bunday tekshiruv davlat axborot tizimi orqali shaxsning Rossiyaga kirishiga taqiq bor-yoʻqligini oldindan aniqlash imkonini beradi.

Bundan tashqari, yangi qonun ish uchun Tojikiston hududida tibbiy koʻrikdan oʻtish imkoniyati yaratiladi. Uyushgan holda ishga yollash tizimiga Rossiya Federatsiyasidan yangi ishtirokchi ham qoʻshilmoqda. Bu muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajaradigan va Tojikistonda barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradigan vakolatli tashkilotdir.

Ushbu oʻzgarishlarning barchasi davlat hokimiyati organlarining migratsiyani nazorat qilish boʻyicha hamkorlikdagi ishlarini yaxshilash va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan, deb aytilmoqda.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya