Maqola

322 23/08/2024

“Mash” telegram kanali, IK-19 hujumchilaridan biri, 23 yoshli tojikistonlik Rustamjon Navruziy yasama portlovchi kamzulni kiyib olgani, qo’lida esa detonatorlar ushlab turgani haqida xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlovchi modda benzin va sanoat suyuqliklaridan tayyorlangan. Hajmi – 5-7 litr. Tarkibiy qismlarni mahbuslar ko’p ishlagan garajdan olgan bo’lishlari mumkin. Ular orasida: alyuminiy kukunidan quyuqlashtiruvchi modda bor.

IK-19 hujumchilaridan uchtasi koloniyada radikal islomchilar guruhiga o’zlari xohlab qo’shilgan. Chunki qamoqda ularga bo’ladigan bosim va muammolardan qo’rqishgan. Shu sababli terrorchlarga “qo’shilishgan”. Qo’qruvning yana bir sababi muhojir-mahbuslarning moddasi (giyohvand moddalarni sotishga urinish) va “sotuvchi” maqomi tufayli bo’lgan. Bu haqda huquq himoyachisi Denis Soldatov “Mash” telegram kanaliga aytib bergan.

Boshqa mahbuslarning so’zlariga ko’ra, hujum uyushtirgan mahbuslar oxirgi vaqt ko’proq ibodat qila boshlashgan. Masalan, hatto safda turish paytida ham. Shu sababli, ma’muriyat bilan mojaro yuz bergan. Natijada joynamoz, kitoblar va boshqa buyumlarini olib qo’yishgan. Mojaro bugungi voqealar bilan yakunlangan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya