Rossiyada taksida ishlash uchun muhojirlarning Rossiyada olingan haydovchilik guvohnomalari bo‘lishi kerak. Bu talab Rossiyada “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘risida”gi Federal qonunnning 25-moddasi, 13-bandida ko‘rsatilgan. Ushbu qonun talabiga muvofiq, transport vositalarini boshqarish bilan bog‘liq tadbirkorlik yoki mehnat faoliyati amalga oshirilganida xorijda olingan haydovchilik guhnomalari bilan mashina haydash taqiqlangan.
Rossiyada olingan haydovchilik guvohnomasi bo‘lmay transport vositasini boshqarib ishlaganlik aniqlansa, avtomashina evakuatorda jarima maydoniga olib ketiladi, haydovchiga esa Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining 12.7-moddasi 1-qismiga muvofiq bayonnoma tuzilib, 15 000 rublgacha jarima solinadi.
Shuning uchun, Rossiyada taksi, avtokuryer, yetkazib berish xizmatlarida mashina boshqarib ishlaydigan muhojirlarga Rossiya Federatsiyasida olingan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish kerak.
Shaxsiy maqsadlarda mashina haydagan muhojirlarga vatanlarida olingan haydovchilik guvohnomasi bilan transport boshqarishga taqiq mavjud emas. Biroq haydovchilik guvohnomasining rus tiliga tarjimasini ham olib yurish kerakligini unutmaslik kerak.