313 08/05/2025

Sankt-Peterburgda avtobusda ketayotgan migrant va mahalliy aholi o‘rtasida mojaro sodir bo‘ldi. Muhojir, shaharliklarning so‘zlariga ko‘ra, ularni so‘kib, bir yo‘lovchini kaltaklagan. Hodisa 4-may kuni 191-sonli avtobusda sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilar salonga yig‘ilgan. Sobiq fizika o‘qituvchisi, 68 yoshli Viktor Ivanovich yigitdan surilishni so‘ragan, ammo guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u qat’iy rad javobini olgan. Mojaroning bir qismi videoga olingan. «Telefoningizni qo‘ying. Bu sizning Rossiyangiz emas! Hoy, nega bunday deysiz? Bu sizning davlatingiz emas. Politsiyaga qo‘ng‘iroq qiling. Hammangiz noshukursizlar», deb baqiradi yigit.

U, urushga bo‘lsa migrantlarning yuborilishi, boshqa payt behurmat qilinishi haqida gapirgan.

Avtobusdagi ayollar unga Rossiyani yoqtirmasa va urf-odatlarni hurmat qilmasa, vataniga ketishni maslahat berishadi. Gʻazablangan ayollar bilan videodagi tortishuv muhojirning rus pasportini ko‘rsatib: «Politsiyani chaqirmaguningizcha, men bu yerdan ketmayman. Yoki siz bu yerdan ketasiz. Xohlasangiz, birga chiqamiz» degani bilan yakunlanadi. Muhojir 29 yoshda bo‘lib, asli Markaziy Osiyodan ekani aytilmoqda. Guvohlarning aytishicha, yigit sobiq o‘qituvchini itarib yuborgani natijasida u jarohatlangan.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan va unga ko‘plab jarohatlar tashxisi qo‘yilgan. Politsiya tartibbuzarni hibsga oldi. Xabar qilinishicha, tergov boshlangan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya