Maqola

393 04/12/2025

Petropavlovsk-Kamchatskiyda chet elliklarni soxta ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atildi. Xabarlarga ko’ra, mahalliy ayol 289 nafar migrantni soxta ro’yxatdan o’tkazgan.

IIV ma’lumotlariga ko’ra, 2025-yil apreldan oktyabrgacha u migrantlarni Ryabikovskaya ko’chasidagi ikki xonali, 40,8 kvadrat metrlik kvartirasida “registratsiya” qilgan. U bunga imkoni bo’lmagan bo ‘lsa ham chet elliklar uning kvartirasida yashayotganini da’vo qilgan. Har bir soxta ro’yxatdan o’tish uchun u taxminan 1500 rubl olgan.

Rossiyalik ayol hozir shahardan chiqish taqiqlangan. Unga qarshi Rossiya Jinoyat kodeksining 322.3-moddasi – «Chet el fuqarosini soxta ro’yxatdan o’tkazish» bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atilgan.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya