97
01/04/2025
Qarzlar moliyaviy farovonlik va erkinlik yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, yangi davlatda qo‘shimcha moliyaviy muammolarga duch keladigan migrantlar uchun bu yanada qiyin bo‘ladi.
Biz migrantlarning moliyaviy savodxonligiga bag‘ishlangan turkum maqolalar nashr etishda davom etamiz. Bunda bizga ishonchli hamkorimiz — SalamPay pul o‘tkazish xizmati yordam beradi. Ilovani quyidagi havola orqali yuklab oling.
Ushbu maqolada qarzlarni bosqichma-bosqich kamaytirish va oxir-oqibat ulardan butunlay qutulishga yordam beradigan oddiy, ammo samarali strategiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Qarzlardan qutulishning dastlabki qadamları
Qarzlaringizni to‘liq tahlil qiling
- Barcha qarzlaringizni yozib chiqing;
- To‘lov muddatlarini aniqlang;
- Oylik to‘lov miqdorlarini belgilab oling.
Moliyaviy holatingizni baholang
- Umumiy daromadingizni hisoblang;
- Barcha majburiy xarajatlaringizni inobatga oling;
- Qarzlarni to‘lash uchun ajratishingiz mumkin bo‘lgan summani aniqlang;
- Haqiqiy imkoniyatlaringizga mos to‘lov rejasini tuzing.
Qarzlarning ko‘payishini to‘xtating
- Yangi qarz olish yoki bo‘lib to‘lashga narsa sotib olishdan voz keching;
- Keraksiz xaridlarni cheklang;
- Kredit va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini beruvchi xizmatlarni bloklang;
- Mikroqarz tashkilotlaridan qarz olishdan saqlaning.
Qarzlarni yopish strategiyalari
«Qor to‘pi» usuli
- Qarzlarni eng kichikdan kattasi tomon joylashtiring;
- Barcha bo‘sh mablag‘ni eng kichik qarzni yopishga yo‘naltiring;
- Bir qarz yopilgandan keyin keyingisiga o‘ting;
- Bo‘shagan mablag‘larni qolgan qarzlarni tezroq yopish uchun ishlating.
«Lavina» usuli
- Qarzlarni foiz stavkasiga qarab tartiblang;
- Eng yuqori foizli qarzni yopishdan boshlang;
- Qolgan qarzlar bo‘yicha minimal to‘lovlarni amalga oshiring;
- Barcha qo‘shimcha mablag‘ni eng muhim qarzni yopishga sarflang.
Qarzlarni birlashtirish usuli
- Bir nechta qarzni bittaga birlashtiring (bu barcha qarzlarni bitta kreditor orqali yopish yoki kreditorning sizning qarzlaringizni sotib olishi orqali amalga oshiriladi). Shunday qilib siz bir kredirordan qarz bo‘lasiz;
- Qimmat kreditlarni qayta moliyalashtiring;
- Yagona qarz uchun to‘lov jadvalini tuzing.
Qarzlarni yopish bo‘yicha amaliy maslahatlar
Daromadingizni oshiring
- Qo‘shimcha ish toping;
- Dam olish kunlari qo‘shimcha ishlashni ko‘rib chiqing;
- Kasbiy ko‘nikmalaringizdan foydalaning;
- Keraksiz buyumlarni sotib, qo‘shimcha daromad oling.
Xarajatlarni qisqartiring
- Inqirozga qarshi (antikrizis) byudjet tuzing;
- Keraksiz xarajatlardan voz keching;
- Asosiy xarajatlarni tejash usullarini izlang;
- Vaqtincha hordiq chiqarish va ko‘ngilochar xarajatlardan cheklaning.
Qarz beruvchilar bilan kelishib oling
- Qarzlarni qayta tuzish (restrukturizatsiya) imkoniyatini muhokama qiling;
- To‘lov muddatlarini kechiktirishni so‘rang;
- Barcha kelishuvlarni yozma ravishda rasmiylashtiring.
Yangi qarzlardan qanday qochish mumkin?
Moliyaviy zaxira yarating
- Hatto kichik summalarni ham jamg‘arishni boshlang;
- Zaxira jamg‘armasini shakllantiring;
- Jamg‘armalarni xarajat pullaridan alohida saqlang.
Katta xarajatlarni rejalashtiring
- Moliyaviy reja tuzing;
- Muhim xaridlar uchun oldindan pul jamg‘aring;
- O‘ylamasdan, shoshilinch xaridlar qilishdan saqlaning.
Xatolardan saboq oling
- Qarzlar yuzaga kelish sabablarini tahlil qiling;
- Qarzga tushmaslik strategiyasini ishlab chiqing;
- Byudjetingizni muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqing.
Maqolani do‘stlaringizga yuboring.
Keyingi maqolada investitsiya turlari va mablag‘larni ko‘paytirish haqida gaplashamiz.