Maqola

1 564 15/12/2024

Ko‘pchilik Rossiyada tug‘ilgan bolalar Rossiya fuqarosi bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Bu xato. Rossiya o‘z hududida tug‘ilgan bolalarga tug‘ilgani uchungiga fuqarolik bermaydi. Rossiyada tug‘ilgan bolalarning ota-onasi qaysi davlat fuqarosi bo‘lsa, farzandi ham o‘sha davlat fuqarosi bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada farzandli bo‘lgan bo‘lsa unda bola O‘zbekiston fuqarosi bo‘ladi, Rossiya fuqarosi emas. Lekin dunyoda o‘z hududida tug‘ilgan barcha xorijlik bolalarga fuqarolik beradigan davlatlar ham bor. Ushbu davlatlar ro‘yxati bilan bo‘lishamiz.

Xorijlik ayollar farzandli bo‘lsa, tug‘ilgan bola o‘sha mamlakatning fuqaroligini oladi. Ya’ni, homilador ayolning fuqaroligi xorijniki bo‘lsa ham, bolasi shu yerda tug‘ilgani uchun fuqarolik olishi mumkin. Ayrim davlatlarda bola tug‘ilganidan keyin ota-onalar ham bolasining ketidan fuqarolik ololadi. Ba’zilarida esa ota-ona ham fuqarolik olishi uchun bola katta bo‘lib, bir oz vaqt o‘tishi kerak.

Demak, 2024 yilda o‘z hududida tug‘ilgan bolalarga fuqarolik beradigan davlatlar ro‘yxati bilan tanishing:

Argentina
AQSH
Kanada
Antigua va Barbuda
Beliz
Barbados
Boliviya
Braziliya
Venesuela
Gayana
Gvatemala
Grenada
Gonduras
Dominika
Meksika
Nikaragua
Panama
Pakistan
Paragvay
Peru
Sent-Kristofer va Nevis
Sent-Lyusiya
Salvador
Sent-Vinsent i Grenadinы
Trinidad va Tobago
Urugvay
Chili
Ekvador
Yamayka

Pokiston davlati o‘z hududida tug‘ilgan bolalar qochqinlarning farzandi bo‘lsa, fuqarolik bermaydi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya