Maqola

531 06/08/2025

Ufa aeroportida Rosselxoznadzor xodimlari ularga shubhali, zararli bo‘lib ko‘ringan yuzlab kilogramm oziq-ovqatni musodara qildi, deb xabar qiladi mazkur tashkilot.

Qazi yoki sut mahsulotlarida qanday zararli modda bo‘lishi mumkin? Ammo, markaziy osiyoliklarning kundalik oziq-ovqat mahsulotlari rossiyaliklar nazarida turli kasalliklar tashuvchi bakteriya va viruslar o‘chog‘i bo‘lib ko‘rinadi.

2025-yil boshidan buyon Ufa aeroportida turli mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilarning qo‘l yuki va bagajidan 456 kg chorvachilik mahsulotlari olib qo‘yildi va yo‘q qilindi. Birgina iyul oyining so‘nggi kunlarida Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan yo‘lovchilardan salkam 28 kilogramm go‘sht va sut mahsulotlari musodara qilingan.

Asosiy muammo veterinariya hujjatlarining yo‘qligi. Bu shuni anglatadiki, hech kim ushbu mahsulotlarning xavfsizligini kafolatlay olmaydi. Ularda odamlar va hayvonlar uchun umumiy xavfli kasalliklarning patogenlari bo‘lishi mumkin.

Rosselxoznadzor o‘z xavotirlarini yashirmaydi: chorvachilik mahsulotlarini nazoratsiz olib kirish Rossiya va Boshqirdistonda xavfli kasalliklar tarqalishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun barcha «taqiqlangan» mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri utilizatsiyaga yuboriladi.

 

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya