Maqola

153 06/09/2024

Qirg‘iziston elchixonasi o‘z fuqarolariga Rossiyaga borishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda respublika Tashqi ishlar vazirligining sayti.

Idorada bu chaqiriqni Rossiya hududida joriy qilingan qo‘shimcha xavfsizlik choralari va davlat chegarasi orqali o‘tishda kuchaytirilgan nazorat rejimi davom etayotgani bilan izohlashgan. Ya’ni, gap reydlar, tekshiruvlar va Qirg‘iziston fuqarolariga Rossiyaga kirishda ommaviy rad etishlar haqida bormoqda. Hozirgi sharoitda Rossiya aeroportlarida Qirg‘iziston fuqarolariga emas, ko‘proq O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga rad javoblari berilayotgan bo‘lsa-da qirg’iz TIV o’z fuqarolarini o’zlariga ayon ma’lum xavfdan saqlamoqchi bo’lgan ko’rinadi.

Ehtimol Qirg‘iziston hukumati o‘z fuqarolarini jiddiy tekshiruvlar, reydlar va migrantlarga bosim bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirayotgan bo‘lishi mumkin. Chunki Rossiyada qisman safarbarlik doirasida kuzgi chaqiruv hali tugamagan, Bastrikin esa harbiy shartnomalarga mas’ul shaxs sifatida «migrantlar jinoyatchiligi» mavzusida shoshilinch yig‘ilish chaqirib, migrantlarni frontga jo‘natish bo‘yicha ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan mintaqalarni tanqid qilmoqda.

May oyida ham Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi chegarada kuchaytirilgan nazorat sababli, zarur bo‘lmagan hollarda Rossiyaga borishdan voz kechishni tavsiya qilgan edi.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada hozirgi vaziyatni va bu vaziyatning Qirg‘iziston fuqarolari huquqiy holatiga ta’sirini kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston-chi?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya