Maqola

243 24/04/2025

19-aprel kuni Qirg‘izistonda fuqarolarni urushga yollash moddasi bo‘yicha to‘rt kishi hibsga olindi.

Qo‘lga olinganlardan biri Natalya Sekerina – «Россотрудничествo» xodimi, biroq Qirg‘iziston fuqarosidir.

Urushga Markaziy Osiyo fuqarolarini yollash (asosan telegram va ijtimoiy tarmoqlar orqali) haqida bundan oldin ham ma’lum bo‘lgan. Ammo Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbariyati bunga qarshi o‘z fuqarolariga yollanish uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi oddiy eslatmalar bilangina qarshilik ko‘rsatdi, xolos.

Ishonchli bo‘lishi uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston sudlari vataniga qaytgan bir necha yollanma askarlarni hukm qildi, Tojikistonda hokimiyat Ukrainada jang qilayotgan yoki jang qilgan shaxslar ro‘yxatini yurita boshladi. Biroq, hamma narsa asosan qo‘rqitish effekti uchun qilinib, aslida esa jazo muddati qisqartirilgan, yoki tamomila afv etilgan, yoki shartli qamoq jazosi berilgan.

Shuning uchun “Россотрудничество” bilan sodir bo‘lgan voqea Markaziy Osiyo uchun misli ko‘rilmagan hodisadir. Bu o‘z fuqarolarini yollashga faol to‘sqinlik qilishga bo‘lgan birinchi urinish sanaladi. Qisman ushbu qadam Rossiyada kuchayib borayotgan migratsiya siyosatiga javob bo‘lishi mumkin. Ammo bular bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan voqealar bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Rossiya rasmiy tuzilmalarining Qirg‘iziston fuqarolarini urushga yollashdagi ishtiroki
Rossiya va Qirg‘iziston rahbariyati o‘rtasidagi kelishuvlar doirasidan tashqariga chiqadi va shu tariqa Bishkek o‘zining sodiqlik chegaralarini ko‘rsatmoqda. Ish qanday davom etishi, ayblanuvchilar qanday muddatli jazo olishi va bunda Moskvaning ishtiroki mazkur holat tasodifiy epizodmi yoki Bishkek Moskvaga signal berayaptimi, ko‘rsatib beradi.

Temur Umarov, tahlilchi

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya