Maqola

206 19/02/2026

Yevroosiyo Taraqqiyot Banki (YTB) tomonidan o’tkazilgan makroiqtisodiy sharhga ko’ra, 2025-yilda Qirg’iziston Respublikasida 3,5 milliard dollar pul o’tkazmalari qayd etildi. Bu tarixiy natija mamlakat yalpi ichki mahsulotining 15,4 foizini tashkil etadi.

Ushbu o’sishning asosiy manbai Rossiyadan kelgan pul o’tkazmalari bo’lib, ular 16,1 foizga o’sib, taxminan 2,99 milliard dollarni tashkil etdi. Tahlilchilar shuningdek, Rossiya rublining dollarga nisbatan qadrlanishi 2025-yil oxiriga kelib yillik 24 foizni tashkil etgani dollar ko’rinishidagi pul o’tkazmalarining oshishiga hissa qo’shganini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, Qirg’iziston milliy valyutasi bo’lgan som barqaror bo’lib qoldi va o’tgan yil davomida dollarga nisbatan atigi 0,5 foizga zaiflashdi.

Bundan tashqari, Qo’shma Shtatlardan kelgan pul o’tkazmalari ham sezilarli darajada o’sib, yiliga 100 million dollardan oshdi, bu esa migrantlar uchun daromad manbalarining diversifikatsiyasidan dalolat beradi. Pul o’tkazmalarining o’sishi allaqachon iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatdi: 2025-yilda ichki savdo aylanmasi iste’mol talabining ortishi sababidan 17,8% ga ko‘tarildi.

Yevrosiyo taraqqiyot bankining prognozlariga ko’ra, pul o’tkazmalari 2026-yilda ham milliy valyutani qo’llab-quvvatlashda davom etadi. Somning AQSh dollariga nisbatan o’rtacha almashuv kursi 89,2 ni tashkil qilishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Respublika iqtisodiyoti mintaqada yetakchilikni saqlab qoladi va yalpi ichki mahsulotning 9,3% o’sishi mumkin.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya