Maqola

158 13/06/2024

Bu haqida banklar o‘z rasmiy saytlarida ma’lumot berdi. 

“Texnik ishlar olib borilayotgani uchun quyidagi o‘tkazmalar ishlamayapti va ulardan pul yuborib, olib bo‘lmayapti – Astrasend, “Юнистрим”, Contact, “Золотая корона”, “Сбербанк-онлайн””, deb xabar bermoqda RSK-bank.

Qirg‘iz moliya bozorining eng yirik banki sanalgan RSK-bank pul o‘tkazmalari qachon faoliyatini tiklanganida “qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deb xabar bergan.

Keltirilgan pul o‘tkazmalari bilan ishlashni to‘xtatgan yana bir bank “Компаньон” bo‘ldi.

“Ayni vaqtda texnik sabablar bilan “Компаньон” ilovasi orqali rublda o‘tkazmalarni amalga oshirib bo‘lmaydi. “Юнистрим” ilovasi orqali ham pullarni yuborib yoki olib bo‘lmaydi”, deb xabar bermoqda bank.

Rubl valyutasidagi moliyaviy operatsiyalarga cheklovni Mbank ham kiritgan. Mbank Qirg‘izistondagi eng mashhur banklardan hisoblanadi.

“Rubl valyutasining volatilligi va keskin o‘zgaruvchanligi tufayli rubldagi hisob raqamlarga va kartalarga vaqtinchalik cheklov kiritildi (hisobni to‘ldirish, o‘tkazmalar, konvertatsiyalarga). Shu bilan birga mijozlarning rubl valyutasidagi hisob raqamlari bo‘lgan barcha mablag‘lar to‘liq xavfsizlikda”, deya bankning saytida ma’lumot berilgan.

“Dollar hisobidan rubl yoki dollarga konvertatsiyalar” bo‘yicha moliyaviy operatsiyalarga cheklovlar kiritilgani haqida yana beshta qirg‘iz banki ma’lumot berdi.

2023-yilning noyabr oyida AQSH tomonidan kiritiladigan sanksiyalar tahdidi ostida qirg‘iz banklarining aksariyati Rossiyaning “Мир” kartalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan edi. Qirg‘iziston hududida 22 ta bank faoliyat olib boradi. Ularning bir qismi avval ham “Мир” kartalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatmas edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya