Maqola

249 13/10/2024

Rossiyada havo sovib bormoqda. Shu sababli pechkalar va elektroisitgichlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga e’tibor qaratish vaqti keldi. Bu juda muhim. Chunki qish kelishi bilan ommaviy axborot vositalarida migrantlar xavfli isitish uskunalaridan foydalanishi natijasida yong‘inlar ro‘y bergani va musofirlar halok bo‘lgani haqida dahshatli xabarlar paydo bo‘ladi. Bu fojialar asosan xostellarda, qurilish maydonlarida va boshqa markazlashgan isitish tarmog‘iga ulanmagan joylarda yashovchi migrantlar bilan sodir bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, Migrant.uz tahririyati o‘z kuzatuvchilariga sovuq kunlarda isitish asboblaridan foydalanish qoidalarini eslatishga qaror qildi.

Oddiy pechkalardan foydalanganda nimalarni bilish muhim?

◉ Isitgichni o‘rnatishda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qiling.

◉ Olov yoqishda ishlatish taqiqlanadigan narsalar:
◦ yong‘in chiqaruvchi suyuqliklar, masalan, benzin yoki kerosin.
◦ olov yoqishga mo‘ljallanmagan yoqilg‘ilar.

◉ Isitgichni haddan tashqari qizitmang va uni kuzatuvsiz qoldirmang.

◉ Isitgich oldiga tez yonuvchi materiallarni qo‘ymang

◉ Kiyim yoki poyabzalni olov va isitgichlar yaqinida quritmang.

Elektr isitgichidan foydalanganda nimalarni bilish muhim?

➤ Faqat yashash joylarini isitish uchun ishlatiladigan elektrisitgichlardan foydalaning.
➤ Qurilmani ishlatishdan avval uning ko‘rsatmalari (instruksiya) ni diqqat bilan o‘qing va xavfsiz ishlata olishingizga ishonch hosil qiling.
➤ Elektroisitgichni kuzatuvsiz qoldirmang va yonib ketuvchi suyuqliklarni uning yaqiniga qo‘ymang.
➤ Elektroisitgichdan kiyimlarni quritish uchun foydalanmang.
➤ Elektrisitgichni ta’minlovchi sim va kabellarni pol yoki boshqa qoplamalar ostiga joylashtirmang.
➤ Elektr tarmoqlarida ortiqcha yuklama va zo‘riqishlarni chiqarishdan saqlaning.

Har qanday favqulodda holat yuz berganda esa butun Rossiya bo‘ylab yagona qutqaruv xizmatiga raqami 112 ga qo‘ng‘iroq qiling. 112 raqamiga qo‘ng‘iroq butun mamlakat bo‘ylab bepul. O‘zingizni ehtiyot qiling.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya