209 01/03/2024

Omonatlarni sug’urtalash agentligi (АСБ) 29-fevraldan boshlab “Qiwi bank” omonatchilariga kompensatsiya to’lashni boshladi.

To‘lovlarning amalga oshirilishi uchun o’rtakash sifatida «Uralsib» bank-agentligi tanlangan.

Agentlik xabariga ko’ra, to‘lov jarayoni «Uralsib»ning filiallari orqali amalga oshiriladi.

Ushbu filiallardan omonatchilar to‘lovni talab qilish formasini olishlari mumkin.

Shuningdek, “Contact” tizimi orqali pulini ololmagan muhojirlar «Uralsib» banki filialigiga shaxsan murojaat qilishlari yoki Rossiya pochtasi orqali xat yozishlari mumkin.

📞 “URALSIB” banki bilan bog‘lanish uchun telefon raqamlari:
+7(800)250-57-57; +7(800)200-55-20

📞 Sug’urta agentligi bilan bog‘lanish uchun telefon raqamlari:
+7(800)200-08-05 (Rossiyada barcha ishonch liniyalariga qo‘ng‘roq qilish tekin).

Eslatib o‘tamiz, bizning veb-saytimizda “Contact” tizimi orqali pul o‘tkazish uchun murojaat (talablar) formasi e’lon qilingan edi.

Yo’riqnoma video ko’rinishida.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация