Novosibirsk oblastida 28 bosh qo‘y o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi sudlanadi, deb yozadi “KP-Novosibirsk”.
Manbaga ko‘ra, hodisa Toguchin rayonida sodir bo‘lgan. Qo‘ylarning tunda qo‘riqchisiz qolishini bilgan o‘g‘ri u yerga o‘z mashinasida kelgan va avval 15 ta, keyin qolgan 13 bosh qo‘yni yuklab olib ketgan.
Huquq-tartibot xodimlarining ta’kidlashicha, shundan so‘ng xorijlik voqea joyidan qochib ketgan.
Novosibirsk oblasti prokuraturasi xabar berishicha, chorva mollarining egasi hayvonlarga qo‘yilgan belgilaridan tanib qolgan. Gumonlanuvchi – O‘zbekiston fuqarosi jinoyatda o‘z aybini tan olmagan.
U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi 2-qismining «b» va «v» bandlari (turar-joyga kirish bilan o‘g‘irlik) bo‘yicha ayblanmoqda. Ish sudga yuborildi. O‘g‘rining mashinasi ham hibsda.