Hodisa 2025-yilning 3-yanvar kuni soat 13:28 atrofida avtomobil yo‘lining 153-kilometrida, Janatalap qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Avtomobillarning ommaviy to‘qnashuviga ob-havo sharoitining yomonlashuvi – qor bo‘roni, shuningdek, haydovchilarning tezlik chegarasiga rioya qilmasliklari va xavfsiz masofani saqlamasliklari sabab bo‘lgan.
Kecha ertalab soat 07:20 da qor bo‘roni tufayli Ostona-Petropavlovsk avtomobil yo‘lining (18–232 kilometrlar) qismi yopilgan edi. Soat 12:30da ob-havo yaxshilanganidan keyin polisiya va maxsus texnika kuzatuvi ostida avtotransport harakati qisman ochildi. Biroq, bir soat o‘tgach, baxtsiz hodisa yuz berdi. Yo‘lni tozalash uchun qutqaruvchilar ajratuvchi panjarani olib tashlashga majbur bo‘ldi.
20 nafar jabrlanganlardan 3 nafari tan jarohati bilan Oqko‘l tuman kasalxonasiga, 11 nafari Bulandi kasalxonasiga yotqizilgan. Ulardan besh nafari bosh miya jarohati, sinish va ko‘karishlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. To‘rt kishi,
jumladan, bir bola Burabay tibbiyot markaziga yuborilgan. Ostonalik yana ikki bola – miya chayqalishida gumon qilingan chaqaloq va ko‘krak qafasidagi jarohatlangan o‘smir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, noqulay ob-havo tufayli Ostona-Shuchinsk avtomobil yo‘li yana yopilgan. 118 kishi, jumladan, 42 bola isinish punktlariga olib ketildi.