Maqola

432 25/12/2024

Bugun, 2024-yilning 25-dekabr kuni, Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida Boku shahridan Grozniyga yo‘nalgan samolyot halokatga uchradi. Turli manbalarga ko‘ra, “Azerbaijan Airlines» aviakompaniyasiga tegishli samolyot o‘z marshrutini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Buning sababi sifatida ayrim manbalar Grozniy shahridagi qalin tumanni, boshqa manbalar ukrainlar tomonidan Chechenistonga qilingan dron hujumlarini keltirilmoqda. Internetda esa samolyotda o‘q izlariga o‘xshash teshiklar ko‘ringan video tarqalib, halokat sababi otishma yoki o‘qqa tutilish ekani, yana bir versiyaga ko‘ra esa samolyot bortida gaz baloni portlagani aytilmoqda.

Boku va Grozniy orasidagi masofa samolyotda yarim soat ichida bosib o‘tilsa-da, samolyot dastlabki yo‘nalishdan chekinib, qariyb ikki soat osmonda qo‘l rejimida boshqarilgan. Avvaliga u Mahachqal’aga, keyinchalik esa Oqtovga yo‘naltirilgan, deb yozmoqda “MK” nashri. Halokat yuz bergan paytda samolyot favqulodda qo‘nish uchun so‘rov yuborgan. Ayni vaqtda halokat sabablari aniqlanmaguncha Ozarbayjondan Dog‘iston va Chechenistonga barcha reyslar bekor qilingan. Halokatning ahamiyatli tafsilotlari Migrant.uz materialida.

Qozog‘istonning g‘arbida joylashgan Oqtov shahri yaqinida Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti (AHY8243 bort raqamli) halokatga uchradi, deb xabar berdi «Tengrinews» nashri. «Orda.kz” ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Oqtov aeroporti hududida qulagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Azerbaijan Airlines» aviakompaniyasiga tegishli samolyot bortida 67 nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda. Yo‘lovchilar orasida Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari bor edi, deb yozadi «APA» axborot agentligi. Ayni vaqtda 29 nafar samolyotdagi yo‘lovchilar tirik qolgani xabar berilmoqda.

«Sputnik Ozarbayjon» aviakompaniyaga tayanib, halokatga qushlar to‘dasi bilan to‘qnashuv sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Biroq «Baza» telegram-kanalining yozishicha, Boku-Grozniy reysi bo‘yicha uchgan samolyot o‘z yo‘nalishini Ukraina dronlari tomonidan Chechenistonga hujum xavfi tufayli o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Nashrning xabar berishicha, bugun 25-dekabr kuni ertalab Grozniy shahri bir nechta dron hujumiga uchragan va shahar aeroportida “Kovyor” rejasi joriy etilgan. Qolaversa Rossiyaning Vladikavkaz shahridagi savdo majmualaridan birida ham huddi shu paytda ukrain dronlaridan birining hujumi tufayli yong‘in ro‘y bergan. Yana bir versiyaga ko‘ra, Grozniy shahridagi qalin tuman tufayli samolyot qo‘shni shaharlarning aeroportiga yo‘naltirilgan. Internetda tarqalgan videoda esa tirik qolgan yo‘lovchilar samolyotda otishma izlariga o‘xshash teshiklarni ko‘rsatib, ukrain dronlari tomonidan o‘qqa tutilish kuzatilganini gumon qilmoqda. “Mash” telegram kanali esa samolyot bortida gaz baloni portlagani uchun halokat ro‘y bergani haqida yozdi.

Qozoq nashrlariga ko‘ra, samolyot Oqtov aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinidagi dala maydoniga qulagan. «Flightradar» ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot qulashdan oldin aeroport ustida 50 daqiqadan ko’p aylangan. Nima sababdan samolyot Mahachqal’a aeroportiga qo‘nmagani ma’lum emas. Qolaversa nima uchun samolyot Kaspiy dengizi ustidan uchib ketayotib radarda ko‘rinmagani ham ochiq savol. Xabar berilishicha, ushbu noaniqliklarga tergov vaqtida javob izlanadi.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oqtov yaqinida samolyot halokatga uchraganini tasdiqladi, halokat joyida yong‘in chiqqani haqida ma’lumot berdi. Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halokatda omon qolganlar soni 29 kishi. Ularning barchasi og‘ir ahvolda. Rossiya FVV halokat natijasida jarohat olgan rossiyalik yo‘lovchilarni mamlakatga olib kelish uchun samolyot va tezkor qutqaruvchilarni yuborgani xabar berildi.

Halokatga uchragan samolyotdan omon qolgan yo‘lovchi voqea tafsilotlarini so‘zlab berdi. 48 yoshli Subhonkulning aytishicha, u samolyot tashqarisidan portlash ovozini eshitgan.

«Portlash bo‘ldi — men uni samolyot ichida bo‘ldi, deb ayta olmayman. O‘tirgan joyimda yonimdagi qoplama uchib ketdi», — deya ma’lum qildi u “RT”ga bergan intervyusida. Unga ko‘ra, portlashdan chiqqan bo‘lak uning o‘rindig‘i ostidagi qutqaruv nimchasini teshib o‘tgan.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u Yekaterinburgdan Grozniyga Boku orqali uchayotgan edi. Jabrlangan yo‘lovchining aytishicha, “Embraer” samolyoti Checheniston poytaxti yaqinida ikki yoki uch marta qo‘nishga urinib ko‘rgan. Keyin esa yo‘lovchilar kuchli portlash ovozini eshitgan, shundan so‘ng samolyot yo‘nalishini o‘zgartirgan.

Jabrlangan shaxsning aytishicha, qutqaruv niqoblarida deyarli kislorod bo‘lmagan, shu sababli u orqa o‘rindiqqa o‘tirib, boshqa niqobdan foydalanishga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qulashdan oldin bir muddat osmunda aylangan. «Uchuvchilarga rahmat, ular o‘zining manevri bilan bizni qutqardi», — deydi tirik qolgan yo‘lovchilardan biri Subhoqul.

Subhonqulning ta’kidlashicha, uning atrofidagi barcha yo‘lovchilar omon qolgan. Halokatdan keyin insonlar og‘riqdan ingrashgani va yordam so‘rashgan. Subhonqulning o‘zi jarohatlanmagan, ammo u kuchli bosh og‘rig‘idan aziyat chekayotganini ma’lum qildi.

Qozog‘istin rasmiylarining xabariga ko‘ra jami 38 kishi halokat natijasida vafot etgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya