Maqola

467 21/08/2026

Qozogʻiston janubidagi Turkiston viloyatida sakkiz kishi xavfli «Kongo Qrim gemorragik bezgagi» tashxisi bilan shifoxonalarga yotqizildi. Bu haqda Turkiston viloyati sanitariya va epidemiologiya nazorati departamenti rahbari Nurbek Nishanovga tayanib, «Otirar» hududiy nashri xabar berdi.

Ushbu holatlarning barchasi yil boshidan buyon qayd etilgan. Kasallanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor. Odamlarga kasallik yuqishi koʻpincha uy hayvonlari bilan aloqada boʻlganda yuz beradi, chunki kanalar tabiatda koʻpayadi va hayvonlarning qoni bilan oziqlanadi.

Nurbek Nishanovning ma’lum qilishicha, olti oy davomida roʻyxatga olingan sakkizta holatdan oltitasida odamlar chorva mollarini parvarish qilish va hayvonlar bilan aloqa qilish vaqtida kasallikni yuqtirib olgan. Yana bir holatda esa kana odamni oʻz uyining hovlisida oʻt oʻrayotganda tishlab olgan.

Kongo Qrim gemorragik bezgagi — bu kana tishlashi orqali yuqadigan ogʻir infektsiyadir. U organizmning kuchli zaharlanishini hamda teri va ichki a’zolarda qon quyilishini keltirib chiqaradi.

Qozogʻistonning janubiy hududlari, jumladan Turkiston viloyati ushbu infektsiyaning tabiiy oʻchoqlari hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga koʻra, 2002-yildan buyon Turkiston viloyatida ushbu xavfli kasallikni yuqtirish bilan bogʻliq 39 ta holat aniqlangan. Har yili, ayniqsa bahor va yozda, mahalliy aholi kana tishlashidan keyin shifokorlarga murojaat qiladi. Oʻzini himoya qilish uchun shifokorlar koʻchada yopiq kiyim kiyishni va uyga qaytgandan keyin badanni diqqat bilan koʻzdan kechirishni tavsiya etadi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya