Maqola

194 10/06/2024

O‘zbekiston Bosh konsulligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-iyun kuni Olmaota shahrida 27 nafar o‘zbekistonlik fuqaro Qozog‘iston hududida noqonuniy mehnat va mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Bu Qozog‘iston vakolatli organlari tomonidan o‘tkazilgan “Nelegal” respublika profilaktika tadbiri chog‘ida sodir bo‘ldi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Bosh konsulligi tomonidan zarur choralar ko‘rildi, jumladan, respublika rasmiylariga tegishli so‘rov yuborildi va Olmaota politsiyasi bilan aloqalar o‘rnatildi.

Ayni paytda 27 nafar o‘zbekistonlik ishchi o‘z ish joyiga qaytarilgan, ulardan 4 nafari mehnat migratsiyasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun sud tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya