Maqola

147 09/06/2024

Kecha Qozog‘iston Respublikasida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil yonib ketgani O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi telegramm kanalida xabar qilindi.

“Qozog‘iston Respublikasi vakolatli idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, 8-iyun kuni soat 11:45 da Atirau viloyati, Makat tumani hududidan o‘tuvchi “Atirau-Aktobe” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 31-kilometrida Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan Lada Largus rusumli avtomashinada yong‘in sodir bo‘lgan. Soat 12:50da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Avtomobil ichida 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan. Yong‘in oqibatida Lada Largus mashinasi haydovchisi jaroxat olmagan, qolgan 2 ta yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish jarohati bilan Atirau viloyat kasalxonasiga yotqizilgan. Haydovchi va jarohat olganlarning shaxslariga aniqlik kiritilgan va ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan”, deyiladi xabarda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya