
Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnaşişga majburlangani haqida xabar bergan qozoğistonliklar böyiça murojaatlarni tekşirişni boşladi. Vazirlik tekşiruv yakunlari böyiça fuqarolar röyxatini Rossiya tomoniga taqdim etişni rejalaştirmoqda, deb yozadi KazTAG.
Vazirlik ma’lum qilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda video-murojaat bilan çiqqan fuqarolar böyiça allaqaçon çoralar körilmoqda. Ma’lumotlar tekşirilganidan söng şakllantirilgan röyxat Rossiya tomoniga yuboriladi. Qozoğiston TIV fuqarolarni öz vataniga qaytariş masalasi böyiça Rossiya tomoni bilan ham muzokara olib bormoqda.
Avvalroq OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yoş qozoğistonliklarning video-murojaatlari tarqalgan edi. Ular Rossiyaga qöriqlaş kompaniyalarida işlaş uçun olib ketilgani, keyin esa Ukrainadagi jangovar harakatlar hududiga yuborilganini aytgan. Ularning sözlariga köra, rad javobini berişsa, qamoq bilan tahdid qilingan.
Qozoğiston TIV jangovar harakatlar hududida qolgan fuqarolarning yaqinlarini maxsus «issiq liniya»ga murojaat qilişga çaqirdi. Har bir holatni tekşiriş uçun vazirlikka fuqaroning şaxsiy ma’lumotlari, taxminiy joylaşuvi va tuzilgan mehnat şartnomalari şartlari haqida ma’lumot kerak.
Vazirlik xorijda bölgan Qozoğiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş uning sözsiz ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Foto: qozoğistonliklarning murojaati. Video kadri: KTK telekanali sayti.