181 10/06/2024

Rosaviatsia xabariga ko’ra, soat 08:02 dan Qozon aeroporti vaqtincha reyslarni qabul qilmayapti yoki jo’natmayapti. Oxirgi haftalarda dron hujumlari xavfi tufayli aeroport muntazam ravishda yopilmoqda. Odatda cheklovlar bir necha soatdan keyin olib tashlanadi.

“Havo kemalari ekipajlari, havo harakatini dispetcherlari va aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrmoqda – bu asosiy ustuvor vazifa”, — deb yozgan Rosaviatsiya matbuot kotibi Artem Korenyako oʻzining Telegram-kanalida.

Samolyotlar Nijnekamsk va Samaradagi muqobil aerodromlarga yo‘naltirilgan.

Oxirgi marta Qozon aeroporti 3 iyun kuni yopilgan edi. O‘shanda yettita samolyot Ulyanovsk, Samara, Cheboksari, Ufa va Moskvadagi (Vnukovo) muqobil aerodromlarga yo’naltirilgan edi. Bungacha 31 may kuni Tataristonning Qozon va Nijnekamsk aeroportlari bir necha soatga ishini to‘xtatgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya