Maqola

547 23/05/2025

Qozonda sud ijrochilari 45 yoshli haqiqiy ismi Iisus Xristos bo‘lgan erkakni sudga olib kelish uchun maxsus operatsiya o‘tkazdi.

Atigi 31,9 kvadrat metrlik kvartirada yashagan Iisus oz emas, ko‘p emas, 45 nafar xorijlikni ro‘yxatga olganlikda gumon qilinmoqda. Rasmiylarning fikricha, bu soxta “registratsiya” bo‘lgan. Ya’ni, odamlar o‘sha yerda yashaydi deb qayd etilgan, lekin aslida ular u yerda turmaydi.

Sud uni majburan olib kelish kerak degan qarorga kelgach, uyiga sud ijrochilari kelishdi. Ammo erkak eshikni ochmadi. Ayyor xodimlar uning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilishdi – qo‘ng‘iroq kvartiradan eshitildi, bu uning uy ichida ekanligini anglatardi.

Sud ijrochilari baland ovoz bilan polni taqillatib go‘yo ketgandek ko‘rsatib, pistirmada kuta boshladi. Biroz vaqt o‘tgach, kvartiradan chiqqan erkak darhol qo‘lga olindi.

Hibsga olinganidan keyin unga nisbatan sud ijrochilari ishiga aralashgani uchun protokol tuzildi. Bu Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 17.8-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Sud uni 60 ming rubl jarimaga tortdi.

Endi Iisus Xristos ismli odam nafaqat soxta “registratsiya”, balki sud ijrochilariga eshikni ochishni istamagani uchun ham katta miqdorda jarima to‘laydi.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya