
Yalta shahar sudi Markaziy Osiyodan qurilish ishchilarining noqonuniy migratsiyasi bilan bog’liq ishni yakunladi. Jinoyatni sodir etishda 60 yoshli Rossiya fuqarosi va uning 30 yoshli sherigi, O’zbekiston fuqarosi ayblanmoqda.
Tergov va sud tomonidan aniqlanishicha, ular Qrimda noqonuniy ishlashni istagan xorijiy fuqarolarni topish va ishga joylashtirish sxemasini tashkil qilishgan. Migrantlarning patentlari ham, “registratsiya”si ham bo’lmagan. Ishchilar xususiy uyda yashab, Yaltadagi qurilish obyektida ishlagan.
Tashkilotchilarning faoliyati Qrim Respublikasi va Sevastopol shahri bo’yicha FSB boshqarmasi xodimlari tomonidan politsiya xodimlari bilan birgalikda to’xtatildi. Sudlanuvchilarga qarshi Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismining «a» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan xorijiy fuqarolarning noqonuniy yashashini tashkil etish) bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atildi.
Sud ikkala erkakni ham aybdor deb topib, o’zbekistonlik muhojirga 5 yil 2 oylik shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 3 yillik sinov muddati va 200 000 rubl miqdorida jarima tayinlandi.
Rossiya fuqarosi 3 yillik sinov muddati bilan 5 yil 6 oylik shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosi, va 150 000 rubl miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.