“Birini yopsam, ikkinchisi chiqadi. Qarzlar qop-qop! Ham ishlayman, ham tinchlik-halovatim yo‘q…”
Agar bu gaplar sizning ham hayotingizga taalluqli bo‘lsa — demak, taqdir to‘g‘ri maqolaga duchor qilibdi.
Qarzdorlik bo‘yinga osilgan toshga o‘xshaydi. Doim sizga og‘irlik va yuk beradi. Agar siz xorijda bo‘lsangiz, ikki karra og‘ir. Ijara, patent, oylik yuborish, keyin to‘satdan tish og‘rib qoladi yoki hujjatlar uchun xarajat chiqadi.
Lekin, yaxshi yangilik shuki: qarzdan chiqish mumkin! Asta-sekin, lekin aniq qadamlar bilan.
🔍 Qarzdan chiqish. Nimadan boshlash kerak?
✅ 1. Avvalo hamma qarzlar ro‘yxatini tuzing!
• Kimdan oldingiz? Necha so‘m? Qachon qaytarish kerak?
• Oyiga qancha to‘lash kerak?
Hammasini qog‘ozga yozing yoki telefoningizdagi maxsus ilovalarda qayd qilib boring.
🧾 2. Daromad va xarajatlaringizni hisoblab chiqing!
• Oyiga qancha topyapsiz?
• Ijara, yeb-ichish, patent, yo‘l puli — qancha ketyapti?
• Necha so‘m qarz to‘lashga ajrata olasiz?
Shunga qarab haqiqiy to‘lovga reja tuzing. Xayliy emas, haqiqiy imkoniyatni hisobga oling.
🛑 3. Qarzni qarz bilan yopishga urinmang!
Bu — “olovni benzin bilan o‘chirishga urinish” degani.
• Bo‘lib to‘lashga mahsulot olmang!
• Mikroqarz beruvchi ilovalarni o‘chirib tashlang!
• Muhim bo‘lmagan xaridlar qilmang!
🧠 Qarzni kamaytirishdagi foydali usullar:
❄️ «Qorto‘pi» (Snowball) usuli
• Eng kichik qarzdan boshlang;
• To‘plangan mablag‘larni shularni yopishga ishlating;
• Undan keyin navbatdagi qarzni to‘lashga o‘ting.
Natija: tezda birin-ketin qarzlardan xalos bo‘lasiz.
🔥 «Lavina» usuli (Avalanche)
• Eng katta foizli qarzni tezda yopishga harakat qiling;
• Qolganlariga minimal to‘lov qiling.
Bunda ortiqcha foiz to‘lashdan qutulasiz.
🧾 Qarzlarni birlashtirish (konsolidatsiya)
• Bir nechta qarzni bittaga aylantiring;
• Ya’ni, barcha qarzlaringizni bir kreditor oladi va siz faqat unga to‘laysiz;
• Har oy bitta joyga, bitta to‘lov — boshqa bosh og‘riq yo‘q.
💡 Amaldagi maslahatlar:
📈 Daromadni oshirish — eng tez natija!
• Qo‘shimcha ish toping;
• Shanba-yakshanba kuni dam olish o‘rniga pul ishlashni o‘ylab ko‘ring;
• Kasbingiz bo‘yicha xizmat taklif qiling (masalan, ta’mirlash, ustachilik);
• Keraksiz buyumlarni soting (bozor, OLX, Telegram guruhlari).
✂️ Xarajatni qisqartirish – ehtiyoj va istakni ajratish
• Inqirozga qarshi byudjet tuzing;
• Kofe, taksi, ortiqcha qahvaxona — ayrim vaqtincha orzularni kechiktiring;
• Bozorda baholarni solishtiring, arzonroq variantni tanlang.
🤝 Qarz beruvchilar bilan gaplashing!
• To‘lov muddatini uzaytirishni so‘rang;
• Restrukturizatsiyani taklif qiling (to‘lovni oyma-oy qilib berish);
• Hammasini yozma tarzda rasmiylashtiring — og‘zaki gap bilan ish yurmaydi.
🚫 Yangi qarzlarga tushmaslik uchun:
💰 Zaxira jamg‘aring
• Har oy ma’lum kichik summadan ajrating — sekin-asta to‘planadi;
• Bu “yordam so‘ramaslik uchun” kerak;
• U alohida hisobda tursin — xarid puli bilan aralashtirmang.
🛒 Katta xarajatlarni oldindan rejalashtiring!
• Televizor kerakmi? Pul to‘plang, keyin oling;
• To‘yga sarpo yoki to‘yona? Yig‘ib, reja bilan harakat qiling.
📚Xatolardan saboq chiqaring!
• Qarz qayerdan paydo bo‘ldi?
• Nima xato qildingiz?
• Moliyaviy xatolarni qayerda to‘xtatish mumkin edi?
Ana shu savollarni qo‘yib, ularni takrorlmaslikka harakat qiling!
📲 SalamPay kabi xizmatlardan foydalaning — barcha to‘lovlar va hisob-kitoblarni bitta joyda nazorat qilish osonroq.
📣 Maqola yoqdimi? Unda do‘stlaringizga yuboring — ularga ham foydasi tegsin!
🔜 Keyingisida — pulni ko‘paytirish usullaridan biri — investisiya haqida gaplashamiz.