132 27/02/2024

Qur’onni yoqqan Nikita Juravel 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda “Чечня Сегодня” axborot agentligi.

2023-yil may oyida Volgograd viloyatida yashovchi Nikita Juravel masjid binosi yonida Qur’onni yoqib yuborgan edi. Hibsga olinganidan keyin Juravel bu harakatni Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan 10 ming rubl mukofot evaziga amalga oshirganini aytgan.

Musulmonlarning muqaddas kitobi yoqib yuborilishiga Rossiya musulmonlari salbiy munosabat bildirishgan edi. Shundan keyin 2023-yil may oyi oxirida Grozniy shahrida Qur’onga qilingan hujumlarga qarshi 60 mingga yaqin odam ishtirokida namoyish bo‘lib o‘tgan edi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация