10-oktabr kuni Checheniston Respublikasining kuch ishlatar tuzilmalari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ramzan Qodirov ilk bor Moskva markazidagi «Wildberries» kompaniyasi ofisidagi otishma haqida izoh berdi.
Qodirovning aytishicha, otishmada vafot etgan ingush yigitlar qo‘riqchibo‘lmagan, Ramzanning o‘ziga nisbatan esa dog‘istonlik milliarder Suleymon Kerimov, “Госдума”deputatlari Bekxan Baraxoyev va Rizvon Kurbanov tomonidan suiqasd rejalashtirilgan. Ramzan Qodirov Kerimov, Baraxayev va Kurbanovlarga suiqasd uyushtirmaganliklarini isbotlab berishlarini talab qilib, qonli intiqom e’lon qildi. E’tiboringizga voqea xronologiyasini keltiramiz.
Otishma sentyabrda bo’lib, natijadaikki nafar ingush millatiga mansubqo’riqchilar halok bo‘lgan edi. Qodirov mazkur voqeadan keyin internetda uning tarafdorlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan kampaniya boshlanganini bildirdi. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uni «buyurtirgan» yirik tadbirkorlar — Suleymon Kerimov, Bekxan Baraxoyev va Rizvon Kurbanov bo‘lib, ular Checheniston rahbarini biznesdagi mojaro tufayli yo‘q qilishni maqsad qilgan. Checheniston rahbari qotillikbuyurtmasida va’da qilingansummani bilishi va guvohlariborligini aytgan. Agar Kerimov, Baraxoyev va Kurbanov o‘zlarining aybsizligini isbotlab berishmaguncha, Qodirov ularga qonli intiqom e’lon qilganini ma’lum qildi.
«Bu biznes mojarosi. Baraxoyev Bekxan, Kerimov Suleymon va Kurbanov Rizvon — yirik tadbirkorlar. Ular nafaqat birayoldan biznesni tortib olishga, balki meni o‘ldirishga buyurtma berishdi», — deb iddao qilmoqda Qodirov «Wildberries» asoschisi Tatyana Bakalchukni nazarda tutib. Avvalroq Ramzan Qodirov “Wildberriesning” “Rus outdoor” kompaniyasi bilan birlashishini«reyderlik hujumi» deb atagan edi.
— «Bu haqda avval gapirmaganman. Ammo endi rasman e’lon qilaman: agar ular o‘zlarining aloqador emasligini isbotlab bermaguncha, men ularga qonli intiqom e’lon qilaman. Nega? Chunki men — kavkazlikman, men — chechenman. Men har doim o‘zimnikini qaytarib olaman», — deb qo‘shimcha qildi Ramzan Qodirov.
Checheniston rahbari, uni «buyurtirgan» kishilar kimlar bilan gaplashgani, ularning bu jarayonda qanday ishtirok etgani haqida guvohlari borligini alohida ta’kidlagan.