Maqola

245 08/10/2024

Checheniston rahbari Rossiyada migrantlarga qarshi ko’rilayotgan choralar uni «hafsalasini pir qilayotganini» bayon qildi.

«Kimdir Rossiyani qo’shni do’stona davlatlar bilan ataylab to’qnashtirayotgandek», deydi Ramzan Qodirov.

Migratsiya siyosatini o’zgartirish kerak bo’lsa, buni qo’lga tushgan barcha rus bo’lmaganlarga shafqatsizlarcha hujum qilishdan iborat jirkanch usulda qilish kerak emas. Hech narsaga qaramay ushlashmoqda, oxirgi paytda esa juda qattiq tadbirlar o’tkazilmoqda, deb yozadi Checheniston rahbari o’zining telegram kanalida.

Chet elliklarni ommaviy ravishda deportatsiya qilish muammoni hal qilmaydi va buni migrantlar keltirib chiqarmagan, deb davom etadi Ramzan Qodirov. Uning so‘zlariga ko’ra, hozirgi vaziyat migratsiyaga mas’ul mansabdor shaxslarning «pala-partishligi», vaziyatni deyarli nazorat qilmagan xodimlar tufayli yuzaga kelgan. Yechim borasida Checheniston rahbari «endi jamiyatda migrantlarga nisbatan nafratni qo’zg’atish orqali ijobiy hech narsaga erisha olmaymiz, aksincha, vaziyatni yanada yomonlashtiramiz» deb fikr bildirdi. Ramzan Qodirov «boshqa davlatlarning fuqarolarini qiynamay» hozir bo’lsa ham oqilona siyosat natijasida to’g’ri migratsiya nazorati tizimini yaratish kerak, deb yechim bermoqda.

«Sabablarni bartaraf etish kerak, ularning oqibatlari bilan shug’ullanmaslik kerak. Shuning uchun o’rta asrga xos yondashuvlarini qoldirib, masalaning aniq yechimini topishga chaqiraman. Eng muhimi – migrantlar orasida huquqbuzarlar ham, qonunga rioya qiladiganlar ham borligini tushunishdir.
O’rni kelganda, aytay, qonunga rioya qiladiganlari ancha ko’p. Bu muhim. Xo’p, bugun migrantlarni butkul yuboraylik ham, lekin ertaga boshqa davlatlardan boshqa migrantlar keladi va ular avvalgi migrantlardan yaxshiroq bo’lishiga kim kafolat beradi?» deb savol bilan yuzlanadi Ramzan Qodirov.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya