86 09/03/2024

AQSH Avstriyaga noqonuniy pullar oqimi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassisni yubormoqchi. Mutaxassis Rayffayzen va boshqa banklarni Rossiyaga qarshi cheklov choralarini buzganlik uchun dollar tizimidan uzilishi xavfi haqida ogohlantiradi.

Rayffayzenbank bugungi kunda Rossiyadan dunyoning boshqa mamlakatlariga o‘tkaziladigan xalqaro o‘tkazmalarning 50%ini amalga oshiradi.

Bu degani AQSHning mutaxassisi negativ xulosa bilan qaytsa, sanksiyalarga uchraydigan keyingi bank Rayffayzen bo‘ladi. Agar mutaxassisning xulosasi ijobiy bo‘lsa ham bankning o‘zi risklar tufayli Rossiyadagi faoliyatini minimal darajada cheklashi mumkin.

Migrantlar oxirgi vaqtlarda Rayffayzen banki orqali patentga to‘lagan pullari davlatga yetib bormayotganidan va patentlari kuyish xavfi ostida qolgani haqida shikoyat qilmoqda.

Qolaversa, 21-fevral kuni Qiwi bankning litsenziyasi olingach, Rayffayzenbank faoliyatida ham qisqa fursat muammolar yuzaga kelgandi.

Migrantlarga iloji boricha  Rayffayzenbank orqali patentga pul to‘lamaslik va bu bankdan foydalanmaslikni tavsiya qilamiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация