91 24/03/2024

“Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan so‘ng migrantlarga nisbatan reydlar kuchaymoqda. Butun Rossiya bo‘yicha o‘tkazilayotgan reydlar oldingilaridan qattiqligi va qamrovi bilan farq qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda reydlardan ogohlantirilayotgan ish beruvchilarning audiolari tarqala boshladi. Audiolarda ish beruvchilar migrantlarga reydlar tufayli dam berib, ayniqsa Tojikiston fuqarolariga hujjati to‘g‘ri bo‘lsa ham ishga chiqmay turishni maslahat berishmoqda.

Tekshiruvlar asosan jamoat joylarida, migrantlar yashaydigan yotoqxonalarda, muhojirlar ishlaydigan korxona, qurilishlarda, musofirlar ko‘p keladigan bozor, savdo majmualari, kafe va do‘konlarda o‘tkazilmoqda. Reydda O‘zbekiston, Qirg‘iziston fuqarolari nisbatan tezroq, Tojikiston fuqarolari esa qattiq tekshirilayapti. Reydlar Rossiyaning barcha shaharlarida o‘tkazilayapti.

Migrant.uzga yuborilayotgan video va xabarlarda migrantlar o‘zlari yashab turgan hududlardagi reydlar haqida ma’lumot bermoqda. Chelyabinsk, Xantы-Mansiysk, Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Moskva, Moskva viloyati, Tver, Kaluga va boshqa hududlardan kelayotgan xabarlarda reydlarning qamrovi juda kattaligini, OMON, Rosgvardiya, MVD va Tergov qo‘mitasi xodimlari birgalikda tekshiruv olib borayotganini guvohi bo‘layapmiz.

Bularni inobatga olib, muhojirlarga tavsiyalarimiz:

✅ Hujjatingizni to‘g‘irlab qo‘ying (patent, registratsiya)
✅ Telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarning tarixini o‘chirib turing.
✅ Vaziyat yumshaguncha jamoat joylari, ko‘cha-ko‘yda yurmang.
✅ Yaqinlaringiz bilan muntazam aloqada bo‘lib turing.
✅ Favquloddagi holatlar uchun elchixona va konsullik raqamlarini saqlab qo‘ying.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация