126 24/03/2024

22-mart kuni “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan so‘ng Rossiya bo‘ylab migrantlarga qattiq reydlar o‘tkazilmoqda. Reydlarda barcha migrantlar tekshirilayapti. Lekin aynan Tojikiston fuqarolariga o‘zgacha sinchkovlik bilan tekshiruvlar olib borilyapti.

AQSH elchixonasi takroran o‘z fuqarolariga Rossiyani tark etishni so‘rab murojaat qildi. «AQSH fuqarolari Rossiyaga kelishlari kerak emas. Rossiyada yashaydigan yoki sayohat qilayotgan fuqarolarimiz esa zudlik bilan mamlakatni tark etishlari kerak», deyiladi Qo‘shma shtatlarning elchixonasi murojaatida.

Oxirgi marta 7-mart kuni Rossiyada teraktlar sodir bo‘lishi xavfi bilan AQSH elchixonasi birinchilardan bo‘lib murojaat qilgan edi. Undan so‘ng Yevropaning boshqa davlatlari ham Rossiyadagi bo‘lg‘usi teraktlardan ogohlantirib, chiqishlar qilgan. Keyinroq Rossiya prezidenti bu xabarlarni mamlakatdagi barqarorlikni buzishga qaratilgan e’lonlar, deb atagandi.

Lekin 22-mart kuni Rossiya prezidenti saylovlaridan 5 kun o‘tib, Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” majmuasining konsertlar zalida terakt sodir etildi. Teraktni sodir etganlikda Tojikiston fuqarolari gumonlanmoqda.

Reydlar AQSH elchixonasi tomonidan berilayotgan navbatdagi ogohlantirishlar fonida hali uzoq davom etishi kutilmoqda. Shuning uchun migrantlarga hujjatlariga diqqatli bo‘lishni tavsiya etamiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация