
«Рособрнадзор» rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihon o‘tkazish va chet el fuqarolariga sertifikat berish bo‘yicha majburiy talablarga rioya etilishi ustidan nazorat doirasida universitetlarga ogohlantirish e’lon qildi. Ular orasida: Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, Ufa fan va texnologiyalar universiteti, A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Vyatka davlat universiteti, Moskva ta’lim sifati markazi, I.S. Turgenev nomidagi Oryol davlat universiteti va Uzoq Sharq federal universiteti bor.
E’lon qilingan ogohlantirishlar Nazorat tadbirlarining yagona reyestrida joylashtirilgan. Ogohlantirish olgan universitetlarga majburiy talablarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish taklif qilindi, deb xabar beradi “Рособрнадзор” rasmiy saytida.
Davlat dumasi, o‘z navbatida, universitetlarda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarga munosabat bildirdi. Volodin “Рособрнадзор” aniqlagan qoidabuzarliklar Rossiya parlamenti tomonidan nazoratga olishini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tegishli topshiriq berildi, degan Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin.
«Qabul qilingan qonunlarni inobatga olib, endilikda imtihon olganlarning g‘ayriqonuniy harakatlarini boshqacha kvalifikatsiya qilish mumkin. Ular Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi «Noqonuniy migratsiyani tashkil etish» bo‘yicha 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Nazorat-tekshiruv va huquqni muhofaza qiluvchi organlar aniqlangan holatlarni to‘g‘ri o‘rganib chiqsin va aybdorlarni javobgarlikka tortsin. O‘z navbatida Davlat dumasi buni o‘z nazoratiga oladi. Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tegishli topshiriq berildi,» – deb yozgan Davlat dumasi raisi o‘zining telegram-kanalida.