120 04/07/2025

Rossiya hukumati Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi, deb xabar berdi TASS agentligiga Rossiya TIV. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, “Tolibon” tomonidan qabul qilingan Afgʻoniston bayrogʻi Moskvadagi elchixona tepasiga osib qoʻyildi. Bu harakat 2021-yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri birinchi marta sodir bo’ldi.

Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnovning aytishicha, Putin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning taklifi bilan Afgʻoniston Islom Amirligini tan olishga qaror qilgan. Diplomatning soʻzlariga koʻra, bu qaror “Rossiyaning Afgʻoniston bilan toʻlaqonli hamkorlikni oʻrnatishga boʻlgan samimiy istagini koʻrsatadi”.

Reuters taʼkidlaganidek, Rossiya Afgʻonistonda Tolibon hukmronligini 2021-yilda harakat mamlakatni boshqara boshlaganidan soʻng rasman tan olgan dunyodagi birinchi davlat boʻldi.

Tolibon harakati 2003-yilda BMT Xavfsizlik Kengashi uni tegishli roʻyxatga kiritganidan keyin Rossiyada terrorchi tashkilot deb tan olingan.

2021-yilda Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin Rossiya ular bilan faol hamkorlik qila boshladi. Harakat vakillari muntazam ravishda Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurib, Rossiya rasmiylari bilan uchrashib turadi.

2024-yil dekabr oyida Davlat Dumasi sud qarori bilan tashkilotlarni terrorchi tashkilotlar ro’yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Qonunni Vladimir Putin imzolagan.

2025-yil mart oyi oxirida Bosh prokuratura Oliy suddan Tolibon faoliyatini taqiqlashni to‘xtatishni so‘ragan edi. Aprel oyida sud Rossiya Federatsiyasida harakatni taqiqlashni to’xtatdi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya