2025-yil 20-yanvardan boshlab “Победа” aviakompaniyasi “Выгодный” va “Максимум” tariflari shartlarini yangiladi.
«Выгодный» tarifi:
• Chipta to’lovini qaytarish: endi safarni jo’nashdan 24 soat oldin bekor qilishingiz mumkin. Jarima ichki reyslar uchun 999 rubl va xalqaro reyslar uchun 10 yevroni tashkil etadi.
• Sana, vaqt yoki yo‘nalishni o’zgartirish uchun jo’nashdan kamida 48 soat oldin 999 rubl yoki 10 evro to’lanadi. Ilgari ushbu xizmat 5000 rublni tashkil etar edi.
• O’rindiq tanlash imkoniyati yo‘q.
«Максимум» tarifi:
• Chipta pulini qaytarish: jo’nashdan 24 soat oldin bekor qilingan taqdirda bepul. Ilgari 999 rubl yoki 10 evro miqdorida to’lov undirilgan.
• jo’nashdan 48 soat oldin uchish sanasi, vaqti yoki yo‘nalishni bepul o’zgartirish mumkin.
• O’rindiq tanlash tarifga qo’shimcha to’lovsiz kiritilgan.
Ushbu oʻzgarishlar 2025-yil 20-yanvardan sotib olingan chiptalarga taalluqli.
Bundan tashqari, “Победа” yangilangan tariflar sotuvini e’lon qildi. 2025-yilning 21-yanvaridan 27-yanvarigacha yo‘lovchilar maxsus promo-koddan foydalanganda barcha yo‘nalishlarda 15% chegirma olishlari mumkin.