
Rossiya prezidenti imzolagan yangi qonunga muvofiq endi ayrim jinoyatlarni sodir etgan shaxslar, agar ular fuqarolikni tug‘ilish yo‘li bilan emas (keyin qabul qilgan) bo‘lsa — fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin.
Ro‘yxatga quyidagi 14 ta jinoyat turi ham qo‘shildi:
odam o‘ldirish,
nasizm ramzlarini targ‘ib qilish,
noqonuniy migratsiyani tashkil etish,
chet ellar yoki xalqaro tashkilotlar bilan yashirin hamkorlik,
Rossiya xavfsizligiga qarshi harakatlarda dushmanga yordam berish,
davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi chaqiriqlar,
Rossiya ishtirok etmaydigan xalqaro tashkilotlar qarorlarini amalga oshirish,
zo‘ravonlik, jinsiy daxlsizlik, giyohvandlik, axloq yoki kompyuter jinoyatlari kabi xatti-harakatlar.
Shuningdek, qonunga ko‘ra, agar jinoyat quyidagi sabablarga ko‘ra sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolikni bekor qilish mumkin:
siyosiy, din, millat, irq yoki ijtimoiy guruhlarga nisbatan adovat asosida,
terrorizmni targ‘ib qilish yoki qo‘llab-quvvatlash maqsadida.
Bu qonun faqat Rossiya fuqaroligini so‘rov asosida olganlarga tegishli. Tug‘ilib fuqaro bo‘lganlarga taalluqli emas.