118 12/03/2024

MVDning Migratsiya bo‘limi boshqarmasi 2023-yildagi faoliyati natijalari bilan bo‘lishdi.

Migratsiya bo‘limi boshqarmasining rasmiy saytida 2023-yil davomida olib borilgan faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot berildi. Ahamiyatli raqamlarni havola etamiz.

Vazirlikning ma’lum qilishicha 2023 yili o‘tkazilgan 283 600 ta reydlar migratsiya qonunchiligining buzilishi holatini qayd etilib, 873 300 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Bu 2022 yilgi ko‘rsatkichdan 3,6% ga ko‘p.

  • Rossiyadan 100 ming xorijlik majburiy chiqarib yuborilgan 173 mingdan ortiq muhojirga Rossiyaga kelish taqiqlangan, bu 2022 yilgi ko‘rsatkichdan 22,7 foizga oshgan.
  • 2 milliondan ortiq migratsiya qonunchiligining buzilish holatlariga barham berilgan, bu 2022 yilgi ko‘rsatkichdan 4% ga ko‘p
  • Rossiyaga ishlash maqsadida vizalik davlatlardan kelayotgan xorijliklar soni 42,4% ga ortgan. Rossiyada ishlash uchun vizani eng ko‘p Xitoy, Vetnam, Hindiston va Turkiya davlatlari fuqarolari rasmiylashtirgan.
  • Rossiya fuqaroligiga qabul qilingan xorijikliklar soni 45,2%ga kamaygan. Bu ko‘rtsatkich Rossiya tarkibiga kirgan yangi hududlarning fuqarolari Rossiya fuqarosi, deb tan olinishi bilan izohlanmoqda.
  • 89 700 ming xorijlikka Rossiya yashash uchun ruxsatnoma (RVP) berilgan. Bu 2022 yilgi ko‘rsatkichdan 49,4% ga kam.
  • 273 100 ming fuqaroga Rossiyada doimiy yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) berilgan. Bu 2022 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 12,8% ga oz.

VNJ va RVP bo‘yicha ko‘rsatkichlarning kamayishi Migratsiya boshqarmasining hududlardagi bo‘limlari tomonidan soxta hujjatlar va asoslarni o‘rganish bo‘yicha faol ishlar borib borilayotgani, suiste’mol qilinganlik holatlar va noqonuniy hatti-harakatlar aniqlanganda ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani bilan izohlangan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация