Maqola

784 17/01/2026

Rossiya Oliy sudi chet el fuqarosi, hatto Rossiya fuqarosi bilan turmush qurgan bo‘lsa ham, mamlakatdan «vidvoreniye» qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.

Sud Rossiya fuqarosi bilan turmush qurishning o‘zi migratsiya nazorati choralarini qo‘llashga to‘sqinlik qilmasligini tushuntirdi. Agar sud chet el fuqarosining Rossiyada bo‘lishi nomaqbul deb qaror chiqargan bo‘lsa, nikoh uni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Xuddi shunday, oila qurish chet el fuqarosini chiqarib yuborilishdan ozod qilmaydi.

Ushbu aniqlik Ukraina fuqarosining ishi bilan bog‘liq. Giyohvand moddalar savdosi uchun jazoni o‘tagandan so‘ng, u Federal Jazoni ijro etish xizmatining Rossiyada bo‘lishini nomaqbul deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaroriga e’tiroz bildirishga urindi. Ayol mamlakatda uzoq vaqt yashaganini va Rossiya fuqarosi bilan turmush qurishni rejalashtirganini va deportatsiya uning shaxsiy va oilaviy hayotga bo‘lgan huquqini buzganini da’vo qildi.

Birinchi instansiya sudi va apellyasiya sudi uning da’volarini rad etdi. Biroq, kassatsiya sudi ushbu qarorlarni bekor qildi va ayol ish ko‘rib chiqilayotgan paytda turmushga chiqqanligini aniqladi. Oliy sud bu yondashuvga qo‘shilmadi va birinchi instansiya va apellyasiya sudlarining qarorlarini o‘z kuchida qoldirdi.

Oliy sud «vidvoreniye» qilingan shaxsning sud qaroridan keyingi nikohi huquqiy ahamiyatga ega emasligini va ishning natijasiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.

Avvalroq Federal sud ijrochilari xizmati 2025-yilda Rossiyada chet elliklarni majburiy chiqarib yuborish kamayganini xabar qilgan edi. So‘nggi 11 oy ichida 54 400 nafar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs mamlakatdan chiqarib yuborildi. 2024-yilning shu davrida 79 000 ta bunday holat qayd etilgan edi.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya