
Nyu-Dehlida bo’lib o’tgan Rossiya-Hindiston sammitida ishchi kuchi harakati to’g’risidagi hujjat imzolandi. Bosh vazirning birinchi o’rinbosari Denis Manturovning aytishicha, kelishuv mamlakatga hind mutaxassislarining deyarli cheksiz oqimi uchun imkoniyatlar ochadi.
Sababi oddiy: Rossiya iqtisodiyoti kelgusi yillarda jiddiy ishchi kuchi tanqisligiga duch kelmoqda. Manturovning so’zlariga ko’ra, ishlab chiqarish sanoati kamida 800 000 qo’shimcha ishchi kuchiga muhtoj. Savdo sohasida esa ehtiyoj taxminan 1,5 millionni tashkil etadi. Qurilish, xizmat ko’rsatish va boshqa sohalarda tanqislik saqlanib qolmoqda.
Aynan shu sohalarda Rossiya tomoni Hindiston bilan hamkorlik qilish uchun «ulkan salohiyatni ko’rmoqda». Biroq hind “mutaxassislari” rus tili, Rossiya ijtimoiy hayoti, mahalliy an’analarni biladimi?
Sammitdan so’ng, mamlakatlar iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga, sanoat rivojlanishini tezlashtirishga va hech bo’lmaganda qisman ishchi kuchi yetishmovchiligini bartaraf etishga umid qilmoqda. Biroq, Rossiya faol ravishda o’rnini bosishga harakat qilayotgan ko’plab markaziy osiyolik migrantlarga teng darajada rus tilini bilmaydigan odamlar oqimi muammoni hal qiladimi, degan savol tug’iladi.