Rossiya hukumati migrantlarning o‘z oilalarini mamlakatga olib kelish huquqini cheklovchi qonun loyihasini rad etdi. LDPR fraksiyasi rahbari Leonid Slutskiyning aytishicha, hujjat ilgari qabul qilingan federal qonunlar va Rossiyaning xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holida qabul qilinadi.
«Biz qonun loyihasini belgilangan standartlarga muvofiqlashtirish uchun hukumat va federal idoralar bilan hamkorlik qilamiz», degan Slutskiy.
Qonun loyihasi Rossiyada patent yoki mehnat shartnomasi asosida bo’lgan malakasiz xorijiy ishchilarga taalluqlidir. Hukumat taklif etilayotgan tuzatishlar huquqiy noaniqlikka olib kelishi mumkin va Rossiyaning xalqaro shartnomalariga mos kelmaydi, deb hisobladi.